10:39 / 23.08.2021
2394

Urgutda 1 kilogramm 240 gramm og‘irlikdagi opiy giyohvand moddasini sotayotgan ayol ushlandi

Samarqand viloyati Urgut tumanida 1 kilogramm 240 gramm og‘irlikdagi opiy giyohvandlik vositasini sotayotgan ayol qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 21 avgust kuni Samarqand viloyati IIB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan Urgut tumani O‘ramas mahallasida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Urgut tumani Mirzabog‘lon-Chep mahallasida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan T.I. (ayol kishi) 18 ming AQSh dollari evaziga A. ismli shaxsga 1 kilogramm 240 gramm og‘irlikdagi opiy giyohvand moddasini sotayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Bundan tashqari, giyohvand moddani qo‘lga olingan shaxsga olib chiqishda yaqindan yordam bergan Sh.O. ham ushlangan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top