08:01 / 24.08.2021
3929

Shveytsariya tomonidan taqdim etilgan 1 milliondan ortiq tibbiy niqoblar O‘zbekistonga olib kelindi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashda mamlakat sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli mamlakatlardan beg‘araz yordam sifatida shaxsiy himoya vositalari, tibbiy niqoblar va boshqa zarur vositalar taqdim etib kelinmoqda

Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabariga ko‘ra, ana shunday tadbirlardan yana biri sifatida Shveytsariya hukumati tomonidan taqdim etilgan beg‘araz ko‘makni aytish mumkin.

Shveytsariya hukumati tomonidan beg‘araz ko‘mak sifatida taqdim etilgan FFP2 markali 1 145 000 dona tibbiy niqoblar O‘zbekistonga olib kelindi.

Tibbiy niqoblar koronavirusga qarshi kurashish doirasida O‘zbekiston tibbiyot muassasalarining tibbiy ta'minot zaxiralarini mustahkamlashga ko‘maklashish maqsadida jo‘natilganini ta'kidlash joiz.

Toshkent aeroportida taqdim etilgan tibbiy niqoblar hukumat vakillari tomonidan qabul qilib olingani aytiladi. 

Top