07:15 / 24.08.2021
1693

Sirdaryoda o‘zboshimchalik bilan yerlarni egallab olish 1076 taga yetdi

Sirdaryo viloyatida 1076 ta holatda 30,20 gektar yer maydonidan fuqarolar va mansabdor shaxslar noqonuniy tarzda foydalanib kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda viloyat kadastr boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

O‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra:

  •  uy-joy qurish uchun - 252 ta holatda (8,72 gektar) 
  •  noturar joy qurish uchun - 757 ta holatda (8,55 gektar) 
  •  dala-tomorqa va boshqa maqsadlar uchun - 67 ta holatda (12,92 gektar)  foydalanilayotganligi aniqlandi.

Hozirda o‘zboshimchalik bilan egallangan 294 ta (10,44 gektar) yer maydonida qonunbuzilish holatlari bartaraf etildi.

Qolgan 783 ta (19,74 gektar) qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga ma'lumot kiritildi.

Avvalroq, Sirdaryo viloyatida 337 nafar fuqaro va mansabdor shaxs kadastr qoidalarini buzganligi ma'lum qilingan edi.

Top