12:30 / 25.08.2021
4175
EPSILON (EDC): Nazarquduq-1 qudug‘idan chiqarilayotgan gazning kunlik hajmi 150 ming kubmetrni tashkil etdi

Joriy yil 25 avgust kuni Nazarquduq-1 qudug‘idagi nasos-kompressor quvurlari almashtirilib, nogermetikligi bartaraf etilgach, undan sanoat ahamiyatidagi gaz oqimi olindi.

Olinayotgan gazni mamlakat aholisiga yetkazib berish uchun shu kunning o‘zidayoq quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi. 

Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ

Top