10:00 / 27.08.2021
5966

Haiti prezidenti Moizning qotillari haqidagi ma'lumot uchun 60 ming dollar mukofot belgilandi

Jovenel Moiz

Haiti hukumati iyul oyida prezident Jovenel Moizning qotilligida ishtirok etgan uch shaxsni topishga yordam berganlarga 60 ming dollardan ko‘proq mukofot va'da qilgan. Bu haqda Ispaniyaning EFE axborot agentligi ma'lum qildi.

Qidiruvda bo‘lganlar orasida Respublika kassatsiya sudi sobiq sudyasi Vendel Kok-Telo, Adliya vazirligining sobiq xodimi Jozef-Feliks Badyo va sobiq senator Jon-Joel Jozef bor.

Moiz 7 iyul kuni noma'lum shaxslar tomonidan o‘z qarorgohiga uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘ldi, otishmada uning rafiqasi ham jarohatlangan. Keyinroq hukumat hujum uyushtirganlar guruhida 26 nafar Kolumbiya fuqarosi borligini ma'lum qildi, ularning ba'zilari hibsga olingan. Qotillik ishi bo‘yicha jami 40 dan ortiq kishi hibsga olingan. Prezident 23 iyulda respublika shimolidagi Kap-Aiten shahrida dafn qilindi.

Mavzuga oid
Top