13:48 / 27.08.2021
6683

«Uzbekistan Airways» 30 avgustdan Moskvaga «Express» modeliga asoslangan aviatashuvlarni boshlaydi

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi yangi modelga asoslangan aviatashuvlar boshlaganini e'lon qildi. Bu haqda aviakompaniya xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab hamda O‘zbekiston prezidentining 2021 yil 30 apreldagi PQ-5100-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida «Uzbekistan Airways» AJ aviatashuvlar borasida gibrid modelga o‘tmoqda. 

«Yangi modeldagi aviatashuvlar «Uzbekistan Express» nomi ostida aviakompaniyadagi mavjud liniyalarda parvozlarni amalga oshiradi», deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, «Uzbekistan Express» ilk parvozini joriy yilning 30 avgust kuni «to‘liq iqtisodiy klass»ga (ekonom) o‘tkazilgan Airbus A320 havo kemasida Toshkent - Moskva - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiradi.

Mavzuga oid
Top