15:48 / 27.08.2021
6539
Xitoy markaziy banki bitkoyndan «uzoqroq turish»ga chaqirdi

Mamlakat markaziy banki moliyaviy iste'molchilar huquqlarini himoya qilish byurosi direktori o‘rinbosari In Yupinning so‘zlariga ko‘ra, bitkoyn qonuniy to‘lov vositasi deb tan olinmagan, shu bois uning real qiymati yo‘q.

Foto: Reuters

Xitoy markaziy banki kriptovalutalar bilan operatsiyalar chayqovchilik ekanligini, shu bois ulardan «uzoqroq turish» kerakligini bildirdi, deb xabar berdi «Jenmin jibao» gazetasi.

Mamlakat markaziy banki moliyaviy iste'molchilar huquqlarini himoya qilish byurosi direktori o‘rinbosari In Yupin xitoyliklarni «o‘z hamyonlarini himoya qilish»ga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitkoyn qonuniy to‘lov vositasi deb tan olinmagan, shu bois uning real qiymati yo‘q.

«Markaziy bank tegishli departamentlar bilan hamkorlikda xorijiy kriptobirjalar va mahalliy treyderlarni aniqlaydi hamda bunday sayt va ilovalarga qarshi chora ko‘radi», — dedi Yupin. 

Avvalroq Xitoyning ilk kriptomilliarderlaridan biri va BTC China kriptobirjasi asoschisi Bobbi Li Xitoy hukumatini bitkoyn va boshqa raqamli valutalarni butunlay taqiqlamoqchilikda gumon qilgandi.

Xitoy avvalroq yirik moliyaviy institutlarga kriptovalutada operatsiyalar o‘tkazishni taqiqlagandi.

Mavzuga oid
Top