12:06 / 29.08.2021
2562

Sirdaryoda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etgan maktab direktori jarimaga tortildi

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani 9-sonli umumta'lim maktabi direktori tomonidan o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilinganligi aniqlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi ma'lum qildi.

Oqoltin tumani 9-sonli umumta'lim maktabi direktori tomonidan o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilinganligi Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida Oqoltin tumani 9-sonli maktab direktori o‘qituvchilarni maktab hovlisi va atrofiga tozalash ishlariga majburiy tarzda jalb etganligi aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha Oqoltin tumani 9-sonli maktab direktoriga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari (hozirda 12 mln 250 ming so‘m) miqdorida ma'muriy jarima qo‘llanildi.

Top