12:00 / 30.08.2021
4271
Reklama

Huawei kompaniyasi O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 30 yilligi bilan tabriklaydi

1987 yilda tashkil topgan Huawei kompaniyasi o‘zining 30 yoshini ortda qoldirib, shu vaqt ichida 170 ta mamlakat va mintaqada o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan xalqaro kompaniyaga aylanishga ulgurdi. Bu yirik kompaniya uchun ham, 30 yil oldin mustaqillik yo‘liga qadam qo‘ygan davlat uchun ham juda qisqa muddat.

Huawei kompaniyasi 1999 yilda O‘zbekistonga kirib keldi va MDH hududida ochilgan Rossiyadan keyingi ikkinchi ofis bo‘ldi. Kompaniyamizning 20 yillik faoliyati davomida biz zamonaviy O‘zbekiston tarixidan o‘rin olish, mamlakatni yanada rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shish va poydevor qo‘yish uchun o‘z kuchimiz, imkoniyatlarimizni maksimal darajada sarflashga harakat qildik. Raqamli O‘zbekistonni rivojlantirishga, AKT infratuzilmasining bosqichma-bosqich o‘sishiga va faoliyatimiz davomida ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga katta e'tibor qaratishimiz – bu bizning mustaqil davlatning shakllanishi yo‘lida ko‘rsatayotgan xizmatlarimiz nishonasidir.

Agar har yilgi Mustaqillik kuni bayramini, ayniqsa yubileyni navbatdagi bosqich chegarasi va erishilgan natijalarni sarhisob qilish vaqti deb oladigan bo‘lsak, unda eng avvalo, so‘nggi yillarda qo‘lga kiritilgan va barchani faqat olg‘a intilishga undovchi yutuqlar haqida to‘xtalib o‘tsa arziydi. Oldinlari biz 5G, jihozlar Interneti, barcha sohalarning raqamli transformatsiyalari kabi texnologik dunyodagi innovatsion yechimlar va trendlar haqida juda ko‘p gapirar edik, hozirda esa ular O‘zbekistonda ham yo‘lga qo‘yildi. 2019 yilda 5G tarmoqlari muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi, 2021 yilga kelib esa, tarmoqlar iste'mol segmentida ham, iqtisodiyotda ham keng qo‘llanilmoqda.

Xuddi shu beshinchi avlod tarmoqlariga asoslangan narsalar Interneti va masofadan boshqariladigan qurilmalar qishloq xo‘jaligi sohasida joriy etildi. Hozirda davlat xizmatlari markazlaridan olinadigan katta hajmli ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun ulkan ma'lumotlar markazlari qurilmoqda. Axborot texnologiyalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan universitetlar va maktablarning ochilishi tobora ko‘paymoqda va borgan sari ko‘proq bolalar shu yo‘nalishdagi OTM va maktablarga kirishga intilishmoqda, shuningdek, IT sohasini mustaqil o‘rganishga harakat qilishmoqda. Biz mamlakat rahbariyati tomonidan qo‘yilgan barcha vazifalar va maqsadlarni amalga oshirishda buyurtmachilarimiz va hamkorlarimiz bilan qo‘lni qo‘lga berib harakat qilayotganimizdan mamnunmiz.

Agar ilgari bizning kompaniyamizning xizmatlari va uskunalari faqat AKT sohasiga oid bo‘lib tuyulgan bo‘lsa, unda bugungi kunda shuni tushunib turibmizki, biz axborot texnologiyalari sohasidan ancha tashqariga ham chiqib ulgurdik va bu bizga mamlakatning barqaror rivojlanishiga yanada ko‘proq hissa qo‘shishga imkon berdi. Bizning O‘zbekiston tabiiy resurslari va atrof-muhitiga nisbatan hurmatimiz juda yuqori va shuning uchun kompaniyamiz Green Aral Sea va qishloq xo‘jaligi sohasiga intellektual tizimlarni joriy qilish kabi ekologiyani tiklashga qaratilgan loyihalarda ishtirok etib kelmoqda.

Texnologiyalar olami juda tez o‘zgarib bormoqda, odamlarning doimo aloqada bo‘lishga bo‘lgan ehtiyoji ham jadal ortib bormoqda, endilikda odamlar hamma narsani qo‘lida, telefonida bo‘lishini xohlashadi, xususan O‘zbekistonda ham xuddi shunday. Insoniyatni oldinda hali bundan ko‘p yutuqlar, kashfiyotlar va yangiliklar kutib turibdi. O‘z navbatida, Huawei kompaniyasi har doim ilg‘or va xavfsiz uskunalarni taqdim etishga, o‘z tajribalari bilan bo‘lishishga va o‘z bilimlarini yosh avlodlarga yetkazib berishga tayyor. Biz O‘zbekiston uchun O‘zbekistondamiz.

Butun kompaniyamiz nomidan sizlarga tinchlik-farovonlik va oldingizga qo‘ygan barcha maqsadlaringizga erishishingizni tilab qolamiz. Qadrli O‘zbekiston xalqi, Mustaqillik bayramingiz yana bir bor muborak bo‘lsin!

Forest Lyu, Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori

Reklama huquqi asosida

Top