12:00 / 31.08.2021
6413
Reklama

Asialuxe Travel xorijlik sayyohlar uchun mutlaqo Yangi O‘zbekistonni kashf qilmoqda

Asialuxe Travel milliy turoperatori O‘zbekiston aholisi va mehmonlarini Mustaqillikning 30 yilligi bilan tabriklaydi va sayyohlarni qabul qilish bo‘yicha o‘z yo‘nalishlari to‘liq qayta ishga tushirilgani haqida xabar beradi.

Avvalo, o‘tgan yillar davomida nimalar qilingani haqida eslab o‘tsak. Oxirgi vaqtda O‘zbekistonda turizm sohasida tubdan o‘zgarishlar sodir bo‘lganini qayd etib o‘tmasak bo‘lmaydi. Xususan, oxirgi besh yilda mamlakatimizga kirish jarayoni sezilarli darajada soddalashtirildi. Endilikda qator davlatlardan bo‘lgan sayyohlar O‘zbekistonga viza rasmiylashtirmasdan kirishlari mumkin, Toshkentdagi xalqaro aeroportdan chiqish vaqti bir necha barobar qisqartirildi, infratuzilma esa kun sayin rivojlanib bormoqda. Ushbu ijobiy o‘zgarishlarning barchasi O‘zbekistonga xorijlik sayyohlarni jalb qilishga imkon berdi.

Bundan tashqari, ziyorat turizmiga katta e'tibor qaratilmoqda. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida «Uzbekistan Airways» AJ, Turizm va sport vazirligi hamda Transport vazirligi ko‘magida Asialuxe Travel milliy turoperatori o‘zining millionlab auditoriyasiga yo‘nalishimizning jozibasini namoyish qilgan Turkiyaning asosiy inflyuyenserlari ishtirokida blog-turga tashabbus ko‘rsatdi. Shuningdek, kompaniya Uzbekistan Airways, Turkish Airlines va qiziquvchi idoralar ishtirokida xorijlik sayyohlarni mamlakatimizga jalb qilish bo‘yicha faol shug‘ullanib kelmoqda. Bularning barchasi rivojlanishga hamda imijni oshirish va O‘zbekiston hududida yuqori darajali xizmatlarni ko‘rsatish uchun mamlakatimizga juda zarur bo‘lgan xususiy DMC'ni yaratishga imkon berdi.

DMC yoki oddiy qilib aytganda qabul bo‘yicha turoperator – bu O‘zbekistonda sayyohlarni qabul qilishga ixtisoslashtirilgan, aynan biznes-safarlarni o‘z ichiga oladigan turistik to‘plamlarning to‘liq davrini tashkillashtirish bilan shug‘ullanadigan kompaniyadir.

Asialuxe Travel'dan bo‘lgan DMC'ning ajoyib o‘ziga xosligi – bu bir vaqtda yuzaga keladigan barcha jarayonlarning to‘liq avtomatlashtirilganidir. Sayyoh hozirning o‘zida dunyoning istalgan nuqtasidan turib kompaniya saytida kerakli mehmonxonani tanlashi va band qilishi hamda ekskursiya yoki transferga buyurtma berishi mumkin. Bundan tashqari, kompaniya imkoniyatlari har bir so‘rovga individual yondashishga va butun safar davomida har bir sayyohni to‘liq kuzatib borishni tashkillashtirishga imkon beradi. Shu tariqa, sayyoh butun tur davomida o‘zini maksimal darajada qulay his qiladi.

Shuningdek, hozirgi vaqtning holatlarini hisobga olgan holda, Asialuxe Travel'dan bo‘lgan DMC'ning yo‘nalishlaridan biri – bu COVID-19 profilaktikasi bo‘yicha barcha tavsiyalarga amal qilish orqali xavfsiz turizmni (Safe Tourism) ommalashtirishdir. Qulay avtomobillarda amalga oshiriladigan transferlar vaqtidayoq har bir sayyohga suv, shuningdek, alohida o‘ramda individual himoya vositalari taklif qilinadi. Sayyohlar chipta xarid qilish, yashash uchun to‘lovlarni amalga oshirish va boshqa vaziyatlar haqida qayg‘urmasa ham bo‘ladi. Eng kichik detallargacha bo‘lgan mutlaqo barcha holatlar taqdim etilgan budjet qanday bo‘lsa ham har bir turistik to‘plamda inobatga olingan.

Shu tariqa, O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi sharafiga Asialuxe Travel milliy turoperatori mamlakatimizning turistik salohiyatini ommalashtirish uchun videolavhalar seriyasini tayyorladi. Lavha ham O‘zbekistonda, ham uning tashqarisida faol namoyish qilinadi. Ulkan jamoaning mehnati natijalarining biri bilan maqola boshida tanishish mumkin.

Asialuxe Travel milliy turoperatori hamkorlik uchun ochiq va ushbu yo‘nalishda butun dunyodan bo‘lgan agentlar bilan ishlashga tayyor.

Shu tariqa, O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi sharafiga Asialuxe Travel milliy turoperatori mamlakatimizning turistik salohiyatini ommalashtirish uchun videolavhalar seriyasini tayyorladi. Lavha ham O‘zbekistonda, ham uning tashqarisida faol namoyish qilinadi. Ulkan jamoaning mehnati natijalarining biri bilan maqola boshida tanishish mumkin.

Asialuxe Travel – sizning milliy turoperatoringiz.

Sayt: www.asialuxe.uz

E-mail: info@asialuxe.uz

Telefon: +99895 144 00 00

Instagram: https://www.instagram.com/asialuxe.uzb/

Reklama huquqi asosida

Top