08:13 / 31.08.2021
14951

Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘i tayinlandi

Bu lavozimni Yunusobod tumani ichki ishlar bo‘limlaridan birining sobiq boshlig‘i egalladi.

Toshkent shahar Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Mahkama ma’lumotiga ko‘ra, podpolkovnik Farhod Jabborov Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘i sifatida ish boshladi.

Bundan avval podpolkovnik Farhod Jabborov poytaxtning Yunusobod tumani 2-sonli IIB bo‘limi boshlig‘i lavozimini egallagan.

Top