19:30 / 31.08.2021
10084

“ISHONCH” do‘konlar tarmog‘i Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklaydi

Barchaga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va omad yor bo‘lishini, farzandlar, nabiralar kamolini ko‘rib yurish hammaga nasib etishini, go‘zal va betakror yurtimiz hamisha tinch va farovon bo‘lishini tilaydi.

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yillik davri mobaynida mamlakatimiz ko‘plab sohalarda ulkan yutuqlarga erishgan bo‘lsa, ushbu yutuqlarning samarasi o‘laroq xalqimizning turmush tarzi yuksalib bormoqda. “ISHONCH” do‘konlar tarmog‘i ham o‘zi mavjud bo‘lgan hudud aholisi turmush tarzini yanada yuksaltirish va rivojlantirishni, ularning orzularini ro‘yobga chiqarishni maqsad qilgan. Ushbu maqsad yo‘lida hozir kompaniya o‘z hududiy qamrovini kengaytirishni davom ettirmoqda va hozirgi kunda Farg‘ona, Andijon, Namangan, Toshkent, Sirdaryo, Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlarida jami 39ta filialiga ega. Yil yakuniga qadar Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yana 10dan ortiq filiallarini ishga tushirish bo‘yicha jadal harakat qilib bormoqda.

“ISHONCH” — bu nafaqat maishiy texnikani muddatli to‘lov asosida sotadigan yirik do‘konlar tarmog‘i, balki hozirgi kunda do‘konda 7000 dan ortiq turdagi mahsulotlar mavjud. Bugungi kunda “ISHONCH” Samsung, Artel, Shivaki, Premier, Thermex, Avalon va boshqa taniqli brendlar bilan hamkorlik qiladi. Bundan tashqari, yana ko‘plab dunyoga mashhur brendlarning sara mahsulotlari ham do‘kon rastalaridan o‘rin olib, o‘z egalarini topmoqda.

“ISHONCH” do‘konlar tarmog‘ida hamma narsa mijozlarga qulaylik uchun qilingan. Mijozlar “ISHONCH”ning savdo do‘konlaridagi mijozlar uchun yaratilgan sharoitlar tufayli o‘zlarini erkin his qilishlari mumkin, kafolatli mahsulotlar, mahsulotlarning bepul yetkazib va o‘rnatib berilishi, agar xarid qilingan mahsulot ma'qul kelmay qolgan taqdirda uni 30 kun ichida qaytarish imkoniyati mavjud.

Kompaniya haqida, mahsulotlar bo‘yicha ma'lumotlar, ularning narxlari, onlayn xarid qilish yoki buyurtmalarni mijozlar ijtimoiy tarmoqlar orqali ham berishlari mumkin, bu axborot texnologiyalari rivojlangan zamonaviy dunyoda juda ham qulay. Mijozlar tomonidan kelib tushgan taklif va shikoyatlar kompaniya tomonidan uch kun ichida ko‘rib chiqiladi va tezda hal qilinadi. Tashkilotda sharoit nafaqat mijozlar uchun, balki xodimlar uchun ham yaratilgan: bepul tushlik, forma, bepul mashg‘ulotlar va lavozimning o‘sishi. Ishga kirish uchun siz onlayn ariza to‘ldirishingiz va suhbatdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi. Bu yil 700 dan ortiq kishi “ISHONCH” xodimlarining do‘stona jamoasiga qo‘shildi va bu yoshlar bandligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.

Yetarli ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassis xodimlar mijozlarning mahsulot xarid qilishda to‘g‘ri tanlov qilishlariga yordam berishadi va mijozlar o‘z xaridlaridan doimo mamnun bo‘lishadi

“ISHONCH”ning yuqori malakali savdo maslahatchilari mijozlarga xarid qilish jarayonida mahsulot bo‘yicha kerakli ma'lumot va maslahatlarni berib, to‘g‘ri tanlov qilishga yordam beradi.

“ISHONCH” do‘konlar tarmog‘iga kelib, beixtiyor befarq ketish qiyindir, chunki kompaniya nomi haqiqatga mos keladi. Ishonch bu – “ISHONCH”. Bu ishonish uchun eng qulay vaziyatdir.

Batafsil ma'lumot uchun:

+99873 515 22 22

Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy kanal va sahifalar:

Telegram: t.me/ishonchsavdo

Instagram: @ishonchsavdouz

Facebook: fb.com/ishonchsavdouz

Twitter: twitter.com/ishonchsavdo

YouTube: youtube.com/c/Ishonchsavdo

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top