01:27 / 31.08.2021
15767

Jasur Yaxshiboyev «Sherif»ga o‘tdi

Foto: Tribuna.uz

O‘zbekiston milliy jamoasi hujumkor yarimhimoyachisi Jasur Yaxshiboyev faoliyatini Moldovada davom ettiradi. Yaxshiboyev YeChL guruh bosqichida ishtirok etadigan «Sherif» jamoasiga o‘tdi.

Klub rasmiy saytida yozilishicha, Yaxshiboyev tibbiy ko‘rikdan o‘tib, shartnoma imzolagan. 24 yoshli futbolchi «Sherif»ga Polshaning «Legiya» klubidan o‘tdi. U oldinroq «Energetik-BGU» va «Shaxtyor» kabi Belarus klublarida ham o‘ynagan. Futbolchi «Paxtakor» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, «Sherif» Moldova klublari tarixida birinchi bo‘lib Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma oldi. Moldova klubi guruh bosqichida «Real», «Inter» va «Shaxtyor» jamoalari bilan bahslashadi. 29 sentyabrda Yaxshiboyev jamoasi Madridda «Real»ga qarshi o‘ynaydi. YeChLdagi ishtirokini esa 15 sentyabr kuni «Shaxtyor»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Top