13:13 / 31.08.2021
5115

Tsement ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘i stavkasi pasaytirilyapti 

“Qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan: 

2021 yil 1 oktyabrdan sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytiriladi;

2022 yil 1 yanvardan sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi ikki baravar kamaytirilgan holda 22 500 so‘m miqdorda belgilanadi.

Avvalroq, ba'zi turdagi monopol tovarlarning xaridi faqat birja orqali amalga oshirilishi xabar berilgandi.

Xususan, 2022 yil 1 yanvarga qadar monopolist bo‘lmagan va (yoki) ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yoki davlat ulushi mavjud bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan:

  • sement – ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi;
  • paxtadan olingan chigit, paxta moyi (jumladan, ekstraksiya paxta moyi) va qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) – ishlab chiqarish hajmining 100 foizi birja savdolari orqali sotiladi.
Top