22:26 / 01.09.2021
13017

Eron va Pokiston chegarasida minglab afg‘onlar to‘plangani ma'lum qilindi

Foto: vzglyad.az

Afg‘onlar “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni egallagandan keyin mamlakatdan chiqib ketishga urinishmoqda. Kobul aeroporti yopilgandan keyin odamlar qo‘shni davlatlarga quruqlik orqali o‘tmoqchi.

Afg‘onistonning ko‘plab fuqarolari Kobul aeroportidan evakuatsiya ishlari to‘xtatilgandan keyin har qanday yo‘l bilan mamlakatni tark etishga urinmoqda. Odamlar Pokiston va Erondagi chegara o‘tish joylari tomon yo‘nalmoqda.

“Ko‘plab odamlar chegaraning Afg‘oniston tomonida eshiklar ochilishini poylamoqda”, deb aytgan Pokiston hukumatining Torkxam chegara o‘tish joyidagi vakili.

Shuningdek, Afg‘oniston va Eron chegarasidagi Islom-Qal'adagi chegara o‘tish joyida ko‘plab afg‘onlar kuzatilmoqda.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top