21:52 / 01.09.2021
17559
Xitoy AQSh va uning ittifoqdoshlarining Afg‘onistondagi jinoyatlarini tergov qilishga chaqirdi

Xitoy AQSh va unga ittifoqdosh davlatlar harbiylarining Afg‘onistondagi 20 yillik kampaniya vaqtida tinch aholini ommaviy o‘ldirishi holatlarini tergov qilishga chaqirdi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin ma'lum qildi.

Xitoy tashqi ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, 2020 yil aprel holatiga ko‘ra, AQSh qo‘shinlari Afg‘onistonda bo‘lgan vaqtda 47 ming afg‘on fuqarosi halok bo‘lgan.

AQShning uchuvchisiz qurilmasi 29 avgust kuni Kobulda portlovchi modda ortilgan avtomobilga zarba berdi. Jangarilar ushbu avtomobil yordamida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan. Avtomobilga zarba berilishi oqibatida 2 ta transport vositasi yo‘q qilingan va turar joy binosi qisman vayron bo‘lgan. YUNISEFning Kobuldagi vakili Gerve de Lisning aytishicha, ushbu zarba 7 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top