14:50 / 02.09.2021
45077

Lavrov Panjsherdagi vaziyat tufayli toliblarga murojaat bilan chiqdi

Avvalroq «Al-Jazira» telekanali toliblar Panjsher viloyatiga hujum boshlashga qaror qilgani haqida xabar bergandi.

Foto: RIA Novosti

Moskva «Tolibon» harakati Panjsher viloyatida jangovar harakatlarni boshlashdan voz kechishi va Afg‘onistondagi boshqa kuchlar bilan muloqot boshlashiga umid qilmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ana shunday murojaat bilan chiqdi.

U nizolashayotgan tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanishiga umid bildirdi.

«Muzokaralar muzokaraviy yechim topadi va jangovar harakatlar boshlanishi haqidagi tahdidlar amalga oshirilmaydi deb umid qilaman», — dedi Lavrov.

Avvalroq «Al-Jazira» telekanali toliblar Panjsher viloyatiga hujum boshlashga qaror qilgani haqida xabar bergandi.

«Tolibon» harakati vakili Amir Xon Muttaqiyning so‘zlariga ko‘ra, toliblar va Panjsher viloyatidagi qarshilik kuchlari o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top