15:21 / 03.09.2021
21239
Ronaldu Ginness rekordlari kitobiga kiritildi

«Manchester Yunayted» klubi va Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ginness rekordlari kitobiga kiritildi. 

36 yoshli forvard JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Irlandiyaga (2:1) qarshi o‘yinda dublga erishdi va 111ta gol bilan milliy jamoalar miqyosida eng ko‘p kiritgan o‘yinchiga aylandi. U aynan ushbu rekordi orqali Ginness kitobidan o‘rin oldi. 

Futbolchi esdalik sertifikatini oldi. 

«Ginness rekordlari kitobiga rahmat. Sizni jahon rekordchisi deb tan olishlari doim yoqimli. 

Keling, bundan ham yaxshi natijaga erishishga harakat qilaylik», — deb yozadi Ronaldu «instagram»dagi sahifasida.

Top