08:24 / 04.09.2021
15059
2022 yil g‘alla hosili uchun kutilayotgan minimal narx ma'lum qilindi

Jahon bozori hamda mintaqaviy tovar birjalaridagi g‘alla xarid narxlari tahlil qilindi va mahalliy xarajatlarni inobatga olgan holda, kelgusi 2022 yil g‘alla hosili uchun kutilayotgan minimal narxlar ishlab chiqildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar bermoqda.

Vazirlik hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi 2022 yil kutilayotgan minimal narx 1 tonna g‘alla hosili uchun 2,5 mln so‘m bo‘lishini e'lon qildi

Bildirilishicha, mazkur minimal narx tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, g‘alla yetishtiruvchi va uni qabul qiluvchi sub'yektlar shartnomaviy munosabatlar doirasida g‘alla xarid narxlarini o‘zaro manfaatli kelishuv asosida mustaqil ravishda belgilaydi.

“Bozorlardagi narxlardan kelib chiqib, har chorakda kutilayotgan minimal narxga tuzatishlar kiritilib, ommaviy axborot vositalari orqali e'lon qilib boriladi”, deyiladi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma'lumotida.

Mavzuga oid
Top