09:37 / 04.09.2021
11093

O‘zbekiston MDH o‘yinlarining birinchi kunida 5ta medal qo‘lga kiritdi

Rossiyaning Qozon shahrida birinchi MDH o‘yinlariga start berildi.

Turnirning dastlabki kunida o‘zbekistonlik sportchilar 5ta medalni qo‘lga kiritishdi. E'tiborlisi, barcha sovrindorlar yunon-rum kurashi vakillari bo‘lishdi. 

Murod Alijonov (-77 kg) va Muhammadqodir Rasulov (-82 kg) kumush medal sohibiga aylangan bo‘lishsa, Abror Otaboyev (-63 kg), Jamol Jumaboyev (-72 kg) va Temur Nasimov (-130 kg) bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Bugun, 4 sentabr kuni musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Turnir 11 sentyabrgacha davom etadi.

Mavzuga oid
Top