16:45 / 04.09.2021
1873

Qarshi shahrida to‘xtab turgan «Damas» ustiga daraxt qulab tushdi

Qarshi shahrida to‘xtab turgan «Damas» mashinasi ustiga daraxt qulab tushgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun 4 sentabr kuni soat 13:20lar atrofida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi dispetcherlik xizmatiga Qarshi shahar «Mustaqillik» MFY 19-uyning oldida to‘xtab turgan «Damas» mashinasi ustiga daraxt qulab tushgani haqida xabar berilgan.

Shundan so‘ng viloyat FVB qutqaruv bo‘limi xodimlari soat 13:30larda aytilgan manzilga yetib borib, qisqa vaqt ichida holatni bartaraf etishgan va mashina ustidan daraxtni olib tashlashgan.

Qayd etilishicha, ro‘y bergan hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Faqat «Damas»ning tom qismi jiddiy zararlangan.

Mavzuga oid
Top