16:24 / 04.09.2021
685
Samarqand shahrida sinov tariqasida ekopolitsiya ish boshlamoqda

2021 yil 6 sentabr kunidan boshlab Samarqand shahrida ekopolitsiya ish boshlaydi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 6 sentyabridan e'tiboran Samarqand shahrida ekopolitsiya o‘z faoliyatini boshlaydi. Ekopolitsiya Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalarida ko‘rsatib o‘tilganidek;

  • transport vositalaridan chiqindi yoki boshqa narsalarni tashlab yuborganlik uchun;
  • jamoat joylarda tamaki mahsulotlarini iste'mol qilishi oqibatida atrofdagi fuqarolar salomatligiga ta'sir etganlik uchun;
  • belgilanmagan joylarda turli xildagi chiqindilarni (sigaret qoldig‘i, pista po‘chog‘i, turli qog‘oz, shisha, sellofan va plastik buyumlar) tashlagan(uloqtirgan)lik uchun;
  • shahar va shahar atrofidagi mahalla, xiyobon, bog‘lar va yo‘l bo‘ylaridagi o‘simlik dunyosiga zarar yetkazganlik uchun;
  •  chiqindi va xazonlarga o‘t qo‘yib, yoqib yuborganlik uchun,
  • tabiat jonivorlariga ozor berganlik uchun qat'iy chora ko‘rish va jarimaga tortish vakolatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 24 avgust kuni Sh.Mirziyoyev boshchiligida ekologiya sohasiga oid videoselektor o‘tkazilgandi. Unda Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etilib, ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonerlik, noqonuniy chiqindilar tashlash kabi holatlarga qarshi profilaktika vazifalarini amalga oshirishi va ushbu Ekologiya politsiyasi Ichki ishlar tizimida faoliyat yuritishi ta'kidlab o‘tilgandi.

 

Mavzuga oid
Top