09:01 / 05.09.2021
22172
AQShning Afg‘onistondagi eng maxfiy bazasi haqida ma'lum qilindi
Foto: Planet Labs

The New York Times (NYT) nashri jurnalistlari Markaziy razvedka boshqarmasining Afg‘onistondagi eng maxfiy bazasi — Eagle Base majmuasi haqida material chop etishdi. Kobul yaqinida joylashgan baza afg‘on maxsus xizmatlari xodimlarini o‘rgatishdan tashqari, turma sifatida ishlatilgan.

Ushbu baza “Tuzli o‘ra” deb nomlangan. Uning borligi haqida rasmiy ma'lumotlar bo‘lmagan, biroq sun'iy yo‘ldoshdan olingan suratlar Afg‘onistonda ushbu baza bo‘lganidan darak beradi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, baza qurilishi 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlardan keyin 2002-2004 yillar davomida olib borilgan.

Eagle Base majmuasi Afg‘oniston maxsus xizmatlari xodimlarini o‘rgatish va shu bilan bir vaqtda turma sifatida qo‘llangan. AQSh hukumatining baza haqidagi hisobotida majmuada mahbuslarga qattiqqo‘l munosabatda bo‘lingani va ular qiynoqqa solingani ma'lum qilingan.

Bazada mahbuslarni tor xonalarga qamash, uyqudan mahrum etish va suv bilan qiynoqqa solish kabi usullardan foydalanilgan. AQSh adliya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, bazada 2002 yildan 2005 yilgacha terrorchilikda gumon qilingan 100ga yaqin odam o‘lgan. Jurnalistlarning taxmin qilishicha, maxfiy baza toliblar mahbuslar qanday sharoitlarda saqlangani va ularga nisbatan qanday so‘roq usullari qo‘llanganidan xabar topmasliklari uchun yo‘q qilingan. 

Oq uy, Pentagon va MRBdan ushbu maqola bo‘yicha rasmiy munosabat bildirilmagan.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top