10:37 / 05.09.2021
9979
Koronavirus: Qatorasiga uchinchi kun kunlik holatlar 700dan kam bo‘lmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 662 kishida koronavirus, 140 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami 9 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 4 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 159871 (+662) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 66 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 21 nafari Andijon viloyatida,
  • 14 nafari Buxoro viloyatida,
  • 17 nafari Jizzax viloyatida,
  • 10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 8 nafari Navoiy viloyatida,
  • 17 nafari Namangan viloyatida,
  • 52 nafari Samarqand viloyatida,
  • 16 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 11 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 53 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 19 nafari Xorazm viloyatida,
  • 119 nafari Toshkent viloyatida,
  • 239 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

O‘zbekistonda qatorasiga uchinchi kun kunlik holatlar soni 700dan kam bo‘lmoqda - 2 sentabr kuni 689, 3 sentabr kuni 648 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 71 nafar,
  • Buxoro viloyatida 24 nafar,
  • Jizzax viloyatida 32 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 14 nafar, 
  • Navoiy viloyatida 13 nafar, 
  • Namangan viloyatida 45 nafar, 
  • Samarqand viloyatida 74 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 19 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 63 nafar,
  • Toshkent viloyatida 99 nafar,
  • Toshkent shahrida 134 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 151655 (+588) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 6 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1112 nafarni tashkil qilmoqda.

4 sentabr kuni 140 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 24479 nafarga yetdi. Kecha ularning 223 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 17505 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 187 nafarga yetdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top