11:18 / 05.09.2021
2577
O‘zbekistonga yana 1,5 mln doza xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelindi

5 sentabr kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1,5 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 19 mln 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

5 sentabr kuni O‘zbekistonga yana 1,5 mln doza xitoy-o‘zbek ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 19 mln 446 ming 540 dozaga yetmoqda. Shundan 15 mln doza — ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi, 986 ming 480 dozasi — AstraZeneca (Covieshield, COVAX dasturi asosida bepul yetkazib berilgan), 460 mingtasi — Rossiyaning «Sputnik V» va 3 mln 60 dozasi Moderna vaksinasi hisoblanadi.

Ayni paytga qadar shundan 15 mln 004 ming 856 dozasi vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llangan.

Shuningdek, shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 2 123 460 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top