12:00 / 06.09.2021
8186

Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda

Bugun va ertaga O‘zbekiston aholisini havo harorati 34-39 daraja issiq atrofida bo‘lgan iliq va quruq ob-havo quvontiradi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”

8 sentyabrda respublika shimoliga antitsiklon kirib kelishi boshlanadi, antitsiklon Volgabo‘yi hududlaridan salqin havoni olib keladi. 9-10 sentyabrda salqin havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi.

Respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 8 sentabr, chorshanba kuni respublika hududining ko‘p qismida harorat 32-37 daraja issiq bo‘lgan ob-havo saqlanib turadi, faqat shimoliy viloyatlarda harorat 25-30 daraja issiqqacha pasayadi.

9-10 sentyabrda O‘zbekistonning barcha hududlarida havo salqinlashadi. Juma kuniga kelib, havo harorati kechalari va erta tongda 12-17 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 23-28 daraja issiqqacha pasayadi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4 darajaga pastdir.

8-10 sentyabrda havo massasining o‘zgarishi O‘zbekistonning aksariyat viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi bilan kuzatiladi. 6-7 sentyabrda respublikaning shimoliy va cho‘l hududlari bo‘yicha shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Mavzuga oid
Top