20:30 / 06.09.2021
15483

Italiyalik uchuvchi dunyoda birinchi bo‘lib avtomobil tunnelidan uchib o‘tdi

Italiyalik uchuvchi Dario Kosta dunyoda birinchi bo‘lib ikkita avtomobil tunneli orqali uchib o‘tdi. Bu haqda ushbu tryukka homiylik qilgan Red Bull kompaniyasi ma'lum qildi.

Foto: Red Bull

“Dario Kosta ikkita tunnel orqali samolyotda uchib o‘tgan birinchi inson bo‘ldi. Gapirishga til ojiz”, deb ma'lum qilingan kompaniya xabarida. 

Kosta rekord parvozini Istanbuldagi Chatalja qo‘sh tunnelida bir motorli Zivko Edge 540 samolyotida amalga oshirgan. Ikkita tunnel orqali uchib o‘tishga 43,5 soniya vaqt ketgan. Bunda samolyotning maksimal tezligi 245 km/soatga yetgan.

“Dastlab hammasi tez yuz berayotgandek tuyuldi. Biroq birinchi tunneldan chiqqanimdan keyin samolyot shamol sababli o‘ngga keta boshladi va shu lahzada miyamda barchasi sekinlashdi. Samolyotni ikkinchi tunnelga kiritish uchun uni to‘g‘ri yo‘nalishga qaytarishga e'tiborni qaratdim. Shundan keyin miyamda barchasi yana tezlashib ketdi”, deb jurnalistlar bilan bo‘lishgan o‘z taassurotlari bilan uchuvchi. 

Kosta ushbu parvozi davomida bir nechta rekord o‘rnatdi: samolyotda tunnel orqali amalga oshirilgan ilk parvoz, samolyotda uchib o‘tilgan eng uzun tunnel (1610 metr), ikkita tunnel orqali amalga oshirilgan birinchi parvoz.

Mavzuga oid
Top