19:26 / 06.09.2021
26326

Jalolobodda toliblar o‘g‘rilikda ayblangan erkakni shahar bo‘ylab sazoyi qildi

Qayd etilishicha, bu boshqa jinoyatchilar uchun ogohlantirish bo‘lishi lozim.

Foto: Afghan Urdu

Afg‘oniston sharqidagi Jalolobod shahrida shina o‘g‘irlashda ayblangan erkak toliblar tomonidan sazoyi qilindi. Bu haqda Afghan Urdu yangiliklar resursi xabar berdi.

“Jalolobodda ikkita shina o‘g‘irlagan erkak ushlandi. Shinalar o‘g‘rining bo‘yniga osib qo‘yildi va u shahar bo‘ylab sazoyi qilindi”, – deyiladi xabarda.

Xabarga ilova qilingan suratda jip mashinasida bo‘yniga shinalar osilgan erkak qurollangan kishilar orasida turganini ko‘rish mumkin.

Qayd etilishicha, bu boshqa jinoyatchilar uchun ogohlantirish bo‘lishi lozim. Toliblar avvalroq keskin choralar orqali mamlakatda tartib o‘rnatishlarini bildirgandi.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top