10:25 / 06.09.2021
10959

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni 600dan yuqoriroq, ikki kasallikdan 11 bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 640 kishida koronavirus, 123 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami 11 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 5 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 160511 (+640) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 46 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 19 nafari Andijon viloyatida,
  • 12 nafari Buxoro viloyatida,
  • 21 nafari Jizzax viloyatida,
  • 13 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 8 nafari Navoiy viloyatida,
  • 15 nafari Namangan viloyatida,
  • 56 nafari Samarqand viloyatida,
  • 18 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 17 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 56 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 19 nafari Xorazm viloyatida,
  • 109 nafari Toshkent viloyatida,
  • 231 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

O‘zbekistonda qatorasiga to‘rtinchi kun kunlik holatlar soni 700dan kam bo‘lmoqda - 2 sentabr kuni 689, 3 sentabr kuni 648, 4 sentabr kuni 662 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 35 nafar,
  • Buxoro viloyatida 10 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 16 nafar, 
  • Navoiy viloyatida 13 nafar, 
  • Namangan viloyatida 20 nafar, 
  • Samarqand viloyatida 100 nafar, 
  • Sirdaryo viloyatida 69 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 35 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 66 nafar, 
  • Xorazm viloyatida 39 nafar,
  • Toshkent viloyatida 104 nafar,
  • Toshkent shahrida 122 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 152284 (+629) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

SSV so‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning yana 8 nafari vafot etgani haqida xabar berdi, pandemiya boshidan buyon rasmiy statistika bo‘yicha koronavirus tufayli qayd etilgan o‘lim holatlari soni 1120 nafarni tashkil qilmoqda.

5 sentabr kuni 123 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 24602taga yetdi. So‘nggi bir kunda ularning 246 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 17751 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 190 nafarga yetdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top