15:05 / 06.09.2021
8428

Koronavirusning myu shtammi antitanalar himoyasini chetlab o‘tish xususiyatiga egaligi aytildi

Koronavirusning myu shtamm deb nomlangan B.1.621 varianti 2021 yil yanvarda Kolumbiyada aniqlangandi. U 40ta mamlakatda qayd etilgan.

Foto: Depositphotos / Ugreen

AQSh bosh infeksionisti Entoni Fauchi koronavirusning myu shtammi mutaxassislarda xavotir uyg‘otayotganini aytdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, myu shtammida antitanalar himoyasini chetlab o‘tish xususiyatiga ega qator mutatsiyalar mavjud.

Shu bilan birga, Fauchi hozircha myu shtamm jiddiy xavf solmayotgani, AQShda virusning delta shtammi 99 foiz ustunlikka ega ekanini bildirdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mutaxassislar koronavirus mutatsiyalarini diqqat bilan kuzatmoqda.

Koronavirusning myu shtamm deb nomlangan B.1.621 varianti 2021 yil yanvarda Kolumbiyada aniqlangandi. U 40ta mamlakatda qayd etilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top