16:32 / 06.09.2021
15171
Ziroat Mirziyoyeva lazgiga bag‘ishlangan balet premerasiga tashrif buyurdi

Bugun, 6 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri sahnasida YuNESKO shafeligidagi “Lazgi – muhabbat va qalb raqsi” balet spektaklining premerasi bo‘lib o‘tdi.

Spektakl xoreografiyasi nemis baletmeysteri Raymondo Rebek tomonidan sahnalashtirilgan. Bu haqda loyiha tashkilotchisi – O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi ma'lum qildi.

Lazgi raqsi uch ming yildan ortiq tarixga ega bo‘lib, YuNESKO nomoddiy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Madaniyat namoyandalarining fikricha, bu mashhur raqsga bag‘ishlangan balet tomoshasi O‘zbekiston an'analarini jahon madaniy arenalarida yoyishga xizmat qiladi.

Spektakldan so‘ng O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva ijodiy jamoa bilan uchrashib, ajoyib namoyish uchun minnatdorlik bildirdi.

Top