13:24 / 08.09.2021
5741
“Bolajon” telekanalida Edu Kids loyihasi multfilmlari namoyishi boshlandi

Xalq ta'limi vazirligi va Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan Edu Kids loyihasi multfilmlari “Bolajon” telekanalida namoyish etilishi boshlandi.

Endilikda quyidagi asosiy turkumdagi dayjestlarni har kuni “Bolajon” kanalida soat 20:20da tomosha qilish imkoni mavjud:

  • “Eng qiziqarli ma'lumotlar”;
  • “Tarix saboqlari”;
  • “Buyuk insonlar hayoti”;
  • “Shaxsiy rivojlanish”;
  • “Texnologiyalar haqida”;
  • “Nima uchun kitob o‘qish kerak” va boshqalar.

Multfilmlarning asosiy maqsadi - yosh avlodni kelajakda muvaffaqiyatga erishish va o‘z ustida ishlashga chaqirishdan iborat bo‘lib, unda ota-onalar, jamiyat va o‘qituvchilarning rolini yanada oshirishdir.

Yaqinda Edu Kids’ning qiziqarli multfilmlarini itv platformasida ham tomosha qilish imkoni yaratilgani haqida xabar berilgan edi.

Top