08:08 / 08.09.2021
5376

Mahallalar soni 9 255taga yetdi

Joriy yil 1 sentabr holatiga respublika bo‘yicha fuqarolar yig‘inlari soni 5taga ko‘payib, 9 255tani (2021 yil 1 iyul holatiga 9 251ta) tashkil etmoqda.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati ma'lum qilishicha, shundan 41tasi shaharcha, 81tasi qishloq, 164tasi ovul, 8969tasi mahalla fuqarolar yig‘inini tashkil etadi.

Shuningdek, jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan mahallalar 6tani (Andijonda – 1ta, Surxondaryoda – 2ta, Toshkent viloyatida – 
3tani) tashkil etmoqda.

Top