08:12 / 08.09.2021
3494

O‘zbekistonda 2020 yilda atmosferaga tashlamalar miqdori 2,2 mln tonnani tashkil qildi 

O‘zbekistonda 2020 yilda atmosferaga tashlamalar miqdori 2,2 mln tonnani tashkil qildi. Shundan 58 foizi - transport vositalari, 42 foizi - sanoat va ishlab chiqarish korxonalari hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Azizjon Kalimbetov ma'lum qildi.

Azizjon Kalimbetov

«Tashlanmalarning sohalar kesimidagi tahlili: 37,8 foizi — neft va gaz, 20 foizi — energetika, 19 foizi — metallurgiya sanoatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Sanoat tashlanmalarini kamaytirish maqsadida 2021-2023 yillarda respublika bo‘yicha 53ta ishlab chiqarish korxonasining qariyb 320ta chang-gaz tozalash uskunalari modernizatsiya qilinadi.

Tashlanmalarga yana bir omil — transport va piyodalar oqimi kesishadigan joylar, yonilg‘i sifati va magistral yo‘llarning yuklama darajasi yuqoriligi natijasida avtotransportlardan atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar yildan yilga ortmoqda: o‘tgan yilda atmosfera havosiga 1,3 mln tonna chiqindi gazlari tashlangan», deydi Ekologiya qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i.

Top