21:48 / 08.09.2021
4278
Rim papasi italiyalik mahbuslarga 15 ming dona muzqaymoq jo‘natdi

Rim papasi Fransisk Italiyadagi 2 ta turmada saqlanayotgan mahbuslarga 15 ming dona muzqaymoq jo‘natdi. Pontifik shu yo‘l bilan Italiyada 45 yil ichida kuzatilgan eng issiq yozda mahbuslarni biroz bo‘lsa-da qo‘llab-quvvatlashga harakat qilgan. 

Foto: Global Look Press

Reuters axborot agentligining xabar berishicha, joriy yoz Italiyadagi eng issiq yozlardan biri bo‘ldi. Xususan, Sitsiliyada avgustda 49 daraja issiq havo qayd qilindi. Ob-havo mutaxassislari ushbu haroratni Yevropada 1977 yildan beri qayd qilingan eng yuqori harorat ko‘rsatkichi deb atashgan.

Muzqaymoqlar Rimdagi Regina Coeli va “Rebibbiya” turmalariga Rim papasi yordamchilari tomonidan yetkazilgan.

Shuningdek, papa tomonidan tashkillashtirilgan xayriya tadbiri davomida boshpanasizlar dengiz bo‘yiga va Kastel-Gandolfo ko‘liga olib borilgan va mahalliy pitsseriyalarda mehmon qilingan. Bundan tashqari, papa ofisi Madagaskardagi shifoxonaga kompyuter tomografi jo‘natgan va Afrikaning 3 ta davlatida tibbiyot rivoji uchun 2 mln yevro ajratgan.

Avvalroq Rim papasi dunyoda ocharchilikning mavjudligi jinoyat hisoblanishini, chunki ocharchilik inson huquqlari buzilishi ekanini aytgan. U sayyoramizda oziq-ovqat mahsulotlari hajmini oshirish uchun yangi texnologiyalar ishlab chiqilayotgan bo‘lsa-da, odamlar bu maqsadda “tabiatdan beayov foydalanishda davom etayotganini” ta'kidlab o‘tgan.

Mavzuga oid
Top