15:50 / 09.09.2021
4958
«Jasur yoshlarimiz ishtirokida «Jasorat maktabi» ochamiz» - Prezident

O‘zLiDep partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston nomini dunyoga tanitayotgan yoshlar ishtirokida “Jasorat maktabi” ochilishini aytdi.

“Rossiyaning Qozon shahrida o‘tkazilayotgan birinchi MDH o‘yinlari va Tokiodagi paralimpiada o‘yinlari natijalarini ko‘rib ko‘zimga yosh keldi. Ertaga g‘oliblar bilan uchrashaman. Sizlarga bir sirni ochmoqchiman: ana shunday yoshlar ishtirokida “Jasorat maktabi” ochamiz. 

Chunki ko‘p yoshlarimiz hayotga yengil-yelpi qaraydi. Shunday yoshlarga ularni o‘rnak qilib ko‘rsatishimiz lozim. Bularday matonatli bo‘lish uchun katta shijoat kerak. Tokio paralimpiadasida g‘alaba qozongan o‘zbek qizining matonati katta jasorat emasmi?

Ularning jasoratini namuna qilib ko‘rsatish kerak. Ular bizning hozirgi tariximiz. Biz hammamiz bir oilamiz, oilamizda shunday muhit yaratsak, yaxshi natija bo‘ladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzu
Saylov-2021
Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra saylovlar oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yilgi prezidentlik saylovi 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Barchasi
Top