13:49 / 09.09.2021
7338
Jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga yaqinlari bilan uzoq muddatli uchrashuvlar tashkil etishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda karantin cheklovlari yumshatilayotgani bois jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv tashkil etishga ruxsat berildi. Bu haqda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislarining tavsiyasiga ko‘ra, karantin qoidalariga rioya etgan holda haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari uzoq muddatli uchrashuv tashkil qilinadi. Shuningdek, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar bilan uchrashuvga kelgan yaqin qarindoshlari 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddat oralig‘ida koronavirusga test topshirgan va natija manfiyligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma taqdim qilishlari talab etiladi.

Uchrashish istagidagi fuqarolarning ko‘pligi va ularning barchasiga bir vaqtning o‘zida uchrashuv berish imkoniyati mavjud emasligi sabab dolzarb aloqa tarmoqlari orqali ro‘yxati shakllantiriladi.

Departamentning ma'lum qilishicha, dolzarb aloqa tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tmasdan muassasaga tashrif buyurgan fuqarolar uchrashuvga kiritilmaydi.

Jazoni ijro etish koloniyalarining dolzarb aloqa raqamlari:

- 1-son jazoni ijro etish koloniyasi – 365-220-70-02

- 2-son jazoni ijro etish koloniyasi – 375-230-00-82

- 3-son jazoni ijro etish koloniyasi – 375-230-10-61

- 4-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-224-77-81

- 5-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-555-23-65

- 6-son jazoni ijro etish koloniyasi – 69-434-42-33

- 7-son jazoni ijro etish koloniyasi – 95-169-64-13

- 10-son jazoni ijro etish koloniyasi – 95-506-64-51

- 11-son jazoni ijro etish koloniyasi – 78-770-37-34, 95-603-49-07

- 12-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-572-55-85

- 13-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-717-08-50

- 14-son jazoni ijro etish koloniyasi – 99-842-41-24

- 17-son jazoni ijro etish koloniyasi – 94-545-21-81

- 20-son jazoni ijro etish koloniyasi – 65-522-22-10

- 21-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-975-85-65

- 22-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-202-38-52

- 24-son tarbiya koloniyasi – 70-202-37-51

Ushbu raqamlar bilan dushanba-juma kunlari 9:00dan 18:00gacha bog‘lanish mumkin. Dolzarb aloqa raqamlari orqali bog‘lanish imkoniyati bo‘lmagan holda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining 71-291-69-75 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Mavzuga oid
Top