07:57 / 09.09.2021
7163

O‘zbekiston 7 oyda xorijdan 258,3 mln dollarlik yengil avtomobil import qildi

O‘zbekiston 7 oyda xorijdan nechta yengil avtomobil import qilgani ochiqlandi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli ma'lumot bilan bo‘lishdi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 21ta xorijiy davlatdan qiymati 258,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 12,2 mingta yengil avtomobil import qilgan. 

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 983taga kamaygan.

2021 yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 3 751ta;
  • Koreya – 3 187ta;
  • Rossiya – 2 589ta;
  • Qozog‘iston – 1 330ta;
  • Polsha – 386ta; 
  • Litva – 312ta;
  • Tailand – 250ta; 
  • AQSh – 238ta;
  • Germaniya – 70ta;
  • Yaponiya – 56ta.

Ma'lumot o‘rnida, 2021 yilning 7 oyida qiymati 7,7 mln AQSh dollariga 432ta elektromobil import qilingan.

Top