22:34 / 09.09.2021
12091
Pokiston Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natdi

Xabar berilishicha, Pokistondan Kobulga shuningdek, un, o‘simlik moyi va dori-darmonlar keltirilgan.

Foto: Wali Sabawoon/Anadolu Agency via Getty Images

Kobul aeroportiga Pokiston gumanitar yuklari ortilgan samolyot yetib keldi, deb xabar berdi Interfaks Tolo News telekanaliga tayanib.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, gumanitar yuklar Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.

Ariana News telekanalining xabar berishicha, Pokistondan Kobulga shuningdek, un, o‘simlik moyi va dori-darmonlar keltirilgan.

Qayd etilishicha, yaqin haftalar ichida Pokiston Afg‘onistonga yana ikkita samolyotda gumanitar yordam jo‘natadi.

Mavzuga oid
Top