“Qatar Airways” aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi va Qatar davlati o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan Qatarning “Qatar Airways” aviakompaniyasiga 2021 yil 7 sentyabrda 13-K sonli O‘zbekistonga Doha - Toshkent - Doha yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.
Aviakompaniya parvozlarni Airbus 320, Airbus 321, Airbus 350, Boing 777 va Boing 787 havo kemalarida amalga oshiradi.