15:37 / 09.09.2021
11139
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

9 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Markaziy bankning rasmiy reliziga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 8 oyida mamlakatda iqtisodiy faollikning jadallashishi davom etib, aksariyat tarmoqlarda o‘sish ko‘rsatkichlari pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetgan.

MB boshqaruvining oxirgi yig‘ilishi 29 iyulda bo‘lib o‘tgandi, unda asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Regulyatorning asosiy stavkasi so‘nggi marta 2020 yil 10 sentyabrda o‘zgargan, o‘shanda stavka 1 foiz bandga pasaytirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank boshqaruvining iyul oyidagi yig‘ilishi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida yil oxirigacha inflatsiya 10 foizgacha tushirilishi ma'lum qilingandi.

Top