19:40 / 09.09.2021
1217

Samarqand viloyatida avgust oyida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 12 ta holat fosh etildi

Samarqand viloyatida avgust oyida 12 ta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etilgan. Bu haqda Enegetika vazirligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, «Hududgaz Samarqand» filialning yuridik shaxslarga tabiiy gaz yetkazib berishni nazorat qilish bo‘limi, Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish bo‘limi hamda «Hududgaz metrologiya» viloyat bo‘limlari hamkorlikda yakka tartibdagi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan gaz o‘g‘irliklarini aniqlash bo‘yicha doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, 2021 yil avgust oyida turli xildagi mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar tomonidan shartnoma shartlariga amal qilmay, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish bo‘yicha jami 12 ta holat aniqlanib, tarmoqdan uzilgan. Aniqlangan holatlar bo‘yicha to‘plangan materiallar esa huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan.

Qayd etilishicha, noqonuniy ulanishlar natijasida gaz ta'minoti korxonalariga yetkazilgan zarar miqdori 2 milliard 825 million so‘mni tashkil etgan. Ta'kidlanishicha, ushbu hajmdagi tabiiy gaz taxminan 24 mingta xonadonning 6 oylik gaz iste'molini tashkil qiladi.

Mavzuga oid
Top