07:15 / 09.09.2021
23569

Saudiya Arabistonida lochin rekord narxga sotildi

Saudiya Arabistonida lochinlarni sotish bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi.

Podshohlikda 14ta davlatdan kelgan lochin seleksionerlari ishtirokida o‘tgan xalqaro auksionda AQShdan keltirilgan oq lochin rekord narxga – 472500 dollarga sotildi

Ma'lum qilinishicha, rekordchi lochin bir yoshdan kichik, og‘irligi 700 gramm keladi, uzunligi esa 40 smni tashkil qiladi. Lochin oq shumkar zotiga mansub bo‘lib, dunyoda lochinlar ko‘paytirish bo‘yicha eng yaxshi ferma deb e'tirof etiluvchi Pacific Northwest Falcons’da yetishtirilgan.  

Lochin ovi Yaqin Sharqda uzoq tarixga ega bo‘lib, Fors ko‘rfazi hududida lochinga ega bo‘lish obro‘li hisoblanadi. 

Saudiya Arabistonida umumiy hisobda 20 mingdan ko‘proq lochinboqar bor bo‘lib, 2017 yil iyulda ularning uyushmasi tashkil etilgan.

Top