12:17 / 09.09.2021
31829

Shavkat Mirziyoyev: «Mening armonlarim bor. Millatni bilmagan, qishloqning changini ko‘rmagan, suvini ichmaganlar moliyani boshqardi»

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s'yezdida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. Davlat rahbari qishloq xo‘jaligiga oid islohotlarga to‘xtaldi.

“Ko‘p islohotlarimizni amalga oshirish qiyin albatta. Ayrim hokimlarimiz balki o‘ylayotgandirlar “Siz bir kun hokim bo‘lib ko‘ring, muhtaram prezident” deb. Men o‘n yildan ortiq hokim bo‘lganman, hammasini bilaman. Mening boshimdan o‘tganlar boshqalarning boshidan o‘tmasin.

Moliyani 20 yildan ortiq millatni bilmagan, qishloqning changini ko‘rmagan, suvini ichmaganlar boshqardi. Men nega moliya vaziri sifatida yosh yigitni qo‘ydim – chunki u xalqning dardini biladi, bilmasa o‘rgatamiz, o‘rganmasa – o‘rniga boshqa yosh yigitni qo‘yaman. Avval nima qilinardi – kuzdagi shudgor pulini bahorda berardik, yozda topshirilgan g‘allani kelgusi yilda moliyalashtirardik. Endi unday bo‘lmaydi! 

Qishloq xo‘jaligida klasterlarni joriy qildik. Endi bu tizimni rivojlantirishimiz kerak. Qishloq xo‘jaligida urug‘ tayyorlashdan boshlab ilm-fan zarur. Ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar ko‘rsatish tizimi takomillashtiriladi”, – dedi prezident.

Mavzu
Saylov-2021
Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra saylovlar oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yilgi prezidentlik saylovi 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Barchasi
Top