11:05 / 09.09.2021
4725
Shavkat Mirziyoyev: «Yaqin-yaqingacha 6-7 million aholimiz, ayniqsa bolalar paxta terimiga «ixtiyoriy-majburiy» safarbar etilardi»

O‘zbekistonda tarixan qisqa fursatda butunlay yangicha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ma'rifiy va madaniy muhit yaratildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ma'lum qildi.

“Mana, hozir diyorimizda kuz fasli boshlandi. Hech kimga sir emas, ilgari kuz deganda avvalambor, paxta yig‘im-terim “kampaniyasi” ko‘z oldimizga kelar edi.

Yaqin-yaqingacha har yili taxminan 6-7 million aholimiz, ayniqsa bolalar paxta terimiga “ixtiyoriy-majburiy” safarbar etilardi. 

Mana, uch-to‘rt yildan buyon o‘qituvchi va o‘quvchilar – maktabda, vrach – shifoxonada, olimlar – laboratoriyada, talabalar – auditoriyada o‘z mashg‘uloti va o‘z ishi bilan band bo‘lmoqda. 

Bunday natijaga to‘g‘ri iqtisodiy siyosat yuritish, tadbirkor va dehqon uchun manfaatli bo‘lgan samarali usullarni, jumladan, klaster va kooperatsiya tizimini joriy etish evaziga erishdik.

Muxtasar aytganda, bugun yurtimizda tarixan qisqa fursatda butunlay yangicha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ma'rifiy va madaniy muhit yaratildi, deb aytishga, barcha asoslarimiz bor”, dedi prezident.

Mavzu
Saylov-2021
Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra saylovlar oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yilgi prezidentlik saylovi 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Barchasi
Top