12:23 / 09.09.2021
1649

Sirdaryoda dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Sirdaryo viloyatida taxminiy qiymati 34,3 million so‘mlik hech qanday hujjatsiz va sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

2021 yil 2 sentabr kuni Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Xovosobod» chegara bojxona posti va Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan oldindan olingan tezkor ma'lumotga asosan Toshkent viloyati Chinoz tumani hududida tibbiy dori vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida oldindan tezkor kuzatuvga olingan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi M.Ch. boshqaruvidagi «Cobalt» Chinoz-Sirdaryo yo‘nalishida yo‘l chetida to‘xtab turgan vaqtida, mashina saloni va yukxonasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, Hindistonda ishlab chiqarilgan, tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan, jami 980 qutida taxminiy qiymati 34,3 million so‘mlik Nikozon-S «Tsefoperazon 1.0 g i Sulbaktam 0.5 g» nomli tibbiy dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top