19:05 / 09.09.2021
1584
Yaponiyalik paleontologlar Navoiyda topilgan dinozavr qoldiqlarini o‘rganib chiqishdi 

Xalqaro arxeologlar Qizilqumda avvallari fanga ma'lum bo‘lmagan dinozavr turini aniqlashgani haqida xabar berilgandi. Uchquduq tumanidagi Jaraquduq hududidan qazib olingan dinozavr suyaklari kanadalik olimlar va Yaponiyaning Nagoya universiteti paleontologlari tomonidan to‘liq o‘rganilib, baho berildi, deya yozmoqda Daily Mail.

Ma'lum qilinishicha, og‘irligi bir tonna va uzunligi 8 metrga yetuvchi bu dinozavr turiga Ulughbegsaurus deb nom berilgan. Bu dinozavr O‘zbekiston hududida 90 million yil avval, Mezozoy davrida yashab o‘tganligi ta'kidlanmoqda.

Oldinroq Geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Ahmedshayev 1999-2008 yillarda bir guruh rossiyalik va amerikalik olimlar Jaraquduq hududida arxeologik qazish ishlarini olib borgani va juda ko‘p miqdordagi topilmalarni olib chiqib ketgani haqida aytib o‘tgandi.

Mavzuga oid
Top