08:23 / 10.09.2021
3603

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28 daraja issiqni tashkil etadi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 24-26 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 12-17 daraja iliqqacha pasayadi.

Mavzuga oid
Top