14:59 / 10.09.2021
29819
«O‘zgidromet» dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishini ma'lum qildi

Sentyabr oyining birinchi haftasi davomida saqlanib turgan, havo harorati me'yordan 2-5 darajaga yuqori bo‘lgan issiq ob-havodan so‘ng, O‘zbekistonga birinchi kuzgi sovuq kirib keldi.

Foto: KUN.UZ

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 8 sentyabrda respublika shimoliga antitsiklon kirib kelishi boshlandi, u Volgabo‘yi hududlaridan salqin havo olib keldi. 9 sentyabrda salqin havo massasi O‘zbekistonning barcha hududini qamrab oldi, harorat kechalari 14-17 daraja iliqqacha, shimolda 8-13 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 27-32 daraja issiqqacha pasaydi.

Bugun kunduz kuni respublika hududiga sovuq oqim kirib kelishi davom etadi va kunduz kungi harorat 24-27 daraja issiqqacha pasayadi va o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4 darajaga past bo‘ladi. Respublikaning katta qismida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat tog‘li hududlarda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Ayrim joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Shanba va yakshanba kuni sovuq antitsiklon ta'siri hisobiga harorat kechalari 12-15 daraja iliqqacha pasayadi, kunduz kunlari esa asta-sekin isiydi va yakshanba kuni harorat 27-30 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Mavzuga oid
Top