20:46 / 11.09.2021
32339

Pulning ketidan quvmaslik haqida zamonaviy hikoya

Kun.uz homiyligidagi SUBYEKTIV loyihasining navbatdagi qahramoni Abdulaziz Abduqodiriy 24 yoshda. Uning kareraga oid prioritetlari va hozirgi moliyaviy statusi – o‘qishga kira olmaganidan afsus chekayotgan minglab yoshlar uchun stimul bo‘la oladi.

Abdulaziz videograf kasbini tekinga o‘rgangani, hozir jamoasi bilan oylik sof foydasi 2,5–6 ming dollar oralig‘ida ekanini aytadi.

“O‘z kasbini yaxshi ko‘rmaydiganlar o‘z kasbini yaxshi ko‘radiganlarning qo‘l ostida ishlaydi”, – deb hisoblaydi u.

Abdulazizning hayotini o‘zgartirgan qarori e'tiborga loyiq:

“Qadriyatlarim haqida o‘ylab ko‘rib, o‘zim yaxshi ko‘rgan narsa bilan shug‘ullanishga qaror qilganman. Ya'ni pulni asosiy maqsad qilmasdan, vaqt bilan do‘stlashib (o‘zimga deadline qo‘ymasdan), butun hayotim davomida o‘zimga yoqqan narsa bilan shug‘ullanaman, nima bo‘lsa bo‘ldi, deganman. Qancha daromad topaman, qachon ko‘tarilaman, ko‘tarilamanmi-yo‘qmi o‘zi, bularni taqdir hukmiga tashlaganman.

Asosiysi, o‘zimga yoqqan narsa bilan shug‘ullansam, hech qachon yutqazmayman, chunki eng kamida qilgan ishimdan rohat olaman. Va ayni shu qarorim hayotimdagi eng to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Hozir men tanigan odamlar orasida o‘zimni eng baxtlisi deb hisoblayman”.

Videoni SUBYEKTIV'ning YouTube-kanalida tomosha qiling. Fikr-mulohazalaringiz va takliflaringizni izohlarda kutib qolamiz.

Loyiha muallifi:
Jamshidxon Ziyoxonov

Tasvirchi va montajchilar:
Muhammadjon G‘aniyev,
Otaxon Yusupov

Top